"Real Sosyedad" sardori Mikel Oyarsabal yozgi transfer oynasida bir qator klublar qiziqishiga sabab bo‘lgan, ammo futbolchining o‘zi jamoani tark etishni istamagan. Bu haqda Mundo Deportivo xabar berdi.
Klub sport direktori Erik Bretosning ta’kidlashicha, Oyarsabal San-Sebastyanda qolish istagini aniq bildirgani sabab ehtimoliy transfer bo‘yicha jiddiy muzokaralar boshlanmagan.
"Agar u transfer bozoriga chiqishga tayyor bo‘lganida, unda mingta taklif bo‘lishi mumkin edi", — dedi Bretos.
Funksioner, shuningdek, Oyarsabalning jamoadagi o‘rniga yuqori baho berdi. U futbolchini jahon chempioni sifatida klub uchun katta boylik deb atab, "Real Sosyedad" uchun ideal sardor ekanini ta’kidladi.
Klub yozda asosiy futbolchilarini sotmaslikni ustuvor vazifa qilib belgilagan edi.
Yakunda "Real Sosyedad" o‘z rejasini amalga oshirib, tarkibning muhim futbolchilarini, jumladan Oyarsabalni ham jamoada saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi.













