Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/09 19:00 Lokomotiv 3-0 Mash’al
11/09 19:00 Buxoro 1-4 Navbahor
11/09 23:45 Venetsiya 2-4 Fiorentina
12/09 00:00 Sevilya 1-0 Valensiya
12/09 17:00 Rasing 2-1 Alaves
12/09 18:00 Jenoa 1-1 Frozinone
12/09 19:00 Bornmut 2-2 Brentford
12/09 19:00 Aston Villa 1-2 Nottingem Forest
12/09 19:00 Chelsi 2-2 Xall Siti
12/09 19:00 Kristal Pelas 2-3 Ipsvich
12/09 19:00 Liverpul 0-0 Fulhem
12/09 19:15 Osasuna 0-2 Espanyol
12/09 21:00 Lasio 2-2 Milan

Xamann Keyn Bundesligada yangi rekord o‘rnata olishiga ishonmoqda

Xamann Keyn Bundesligada yangi rekord o‘rnata olishiga ishonmoqda

Baho:
+ | -

«Bavariya»ning sobiq futbolchisi Ditmar Xamann Xarri Keyn Bundesligada bir mavsumda eng ko‘p gol urish bo‘yicha Robert Levandovskiga tegishli rekordni yangilashni maqsad qilgan, deb hisoblaydi.

Levandovski 2020/21 yilgi mavsumda «Bavariya» safida Bundesligada 41 ta gol urib, yangi rekord o‘rnatgan edi.

«U bunga qodirmi? Menimcha, ha», — dedi Xamann beIN Sports nashriga.

Levandovskining natijasi Gerd Myullerning mashhur rekordidan atigi bitta golga ko‘p. Germaniya futboli afsonasi 1970/71 yilgi mavsumda Bundesligada 40 ta gol urgan edi.

Shu sababli Keyn yangi rekord o‘rnatishi uchun har ikki afsonaviy hujumchining natijasidan o‘tishi kerak bo‘ladi.

Angliyalik forvardning Bundesligada bir mavsumdagi eng yaxshi ko‘rsatkichi hozircha 36 ta golni tashkil etadi. Keyn «Bavariya» safiga 2023 yilda kelib qo‘shilgan.

Kiritildi: 07:51, 03.09.2026.
O'qildi: 818 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик