Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/09 00:00 Espanyol 1-1 Sevilya
07/09 21:30 Kalyari 1-0 Lechche
07/09 22:00 Xetafe 1-1 Selta
07/09 23:45 Udineze 1-2 Lasio
08/09 00:30 Elche 2-3 Real Sosyedad
08/09 21:45 Bryugge - Aston Villa
08/09 21:45 AEK - LASK
09/09 18:30 OKMK - Paxtakor
09/09 19:00 Neftchi - Surxon
09/09 20:00 Nasaf - Bunyodkor

«PSJ» va «Tottenxem»ning sobiq futbolchisi faoliyatini yakunladi

«PSJ» va «Tottenxem»ning sobiq futbolchisi faoliyatini yakunladi

Baho:
+ | -

«PSJ» va «Tottenxem»ning sobiq yarim himoyachisi Benjamen Stambuli futbolchilik faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi. Fransiyalik futbolchi endi o‘zini murabbiylik sohasida sinab ko‘rmoqchi.

«Menda murabbiylik tafakkuri va jamoani his qilish qobiliyati bor. Faoliyatim davomida ishlagan har bir murabbiyim menda allaqachon yonib turgan bu istakni yanada kuchaytirdi. Har biri o‘z uslubi bilan menga nimadir berdi.

O‘z bilimlarimni boshqalarga yetkazishni xohlaymanmi? Albatta. So‘nggi bir necha yildan beri yosh futbolchilarga maslahat berib kelyapman, jamoada ustoz vazifasini ham bajardim. Endi maydonning boshqa tomoniga o‘tish vaqti kelganini his qilyapman. Futbolchi sifatida o‘z ishimni bajardim. Endi o‘rgangan barcha narsalarimni bir joyga to‘plashni istayman.

Ha, 2027 yildan ish boshlashga umid qilyapman. Ungacha psixologik tayyorgarlik, video-tahlil kabi yo‘nalishlar bo‘yicha bir nechta kurslardan o‘taman. Shuningdek, ko‘plab o‘yinlarni tomosha qilishni, murabbiylar bilan uchrashib, ular bilan suhbatlashishni va bu ishga yanada chuqurroq kirishni xohlayman.

O‘z g‘oyalarim asosida nimadir qurishimni o‘ylashning o‘zi hayajonli. Bu ishga katta kamtarlik va mehnat bilan yondashaman. Bu jarayon boshlanishini sabrsizlik bilan kutyapman», — deya Stambulining so‘zlarini keltiradi L'Equipe.

36 yoshli futbolchi 1 iyul kuni «Mets»ni erkin agent sifatida tark etdi. U faoliyati davomida «Reyms», «Adana Demirspor», «Shalke», «PSJ», «Tottenxem» va «Monpelye» klublarida ham to‘p surgan.

Stambuli professional darajada barcha musobaqalarda jami 480 ta o‘yin o‘tkazib, 11 ta gol urdi va 25 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

U faoliyati davomida ikki marta Fransiya chempioni bo‘ldi — «Monpelye» va «PSJ» bilan. Shuningdek, ikki bor Fransiya Superkubogini, bir martadan Fransiya kubogi va Fransiya Liga kubogini qo‘lga kiritgan.

Kiritildi: 08:17, 03.09.2026.
O'qildi: 1282 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик