Moskvaning «Rodina» klubi sport direktori Aleksey Zinin Rossiya chempionati klublariga taklif qilinayotgan mashhur futbolchilar haqida gapirdi.
«Biz ular bilan muzokara olib bormayapmiz, ammo katta nomga ega futbolchilarning nomzodlari bizga taklif qilinmoqda. Hozir bozorda Rahim Sterling va Adama Traore kabi futbolchilar bor. Ular Rossiya bozoriga ham taklif qilinmoqda», — dedi Zinin «RB Sport»ga.
«Rodina» joriy mavsum Rossiya Premyer-ligasida ilk bor ishtirok etmoqda. Moskva klubi dastlabki 6 turda 4 ochko to‘plab, turnir jadvalida 13-o‘rinni egallab turibdi.
Jamoa navbatdagi uchrashuvini 6 sentyabr kuni safarda Maxachqalaning «Dinamo» klubiga qarshi o‘tkazadi.













