2 sentyabr kuni «Bavariya» Germaniya kubogi 1-bosqichida safarda «Osnabryuk»ga qarshi maydonga tushdi.
Myunxenliklarning uchrashuvdagi birinchi goliga Xarri Keyn mualliflik qildi.
Angliyalik hujumchi shu tariqa Germaniya kubogida ketma-ket yettinchi uchrashuvda gol urdi va «Bavariya» klub rekordini takrorladi.
Opta ma’lumotiga ko‘ra, avval bunday natijaga ikki futbolchi erishgan. Gerd Myuller 1967–1968 yillarda Germaniya kubogida ketma-ket 7 ta o‘yinda gol urgan. Tomas Myuller esa 2013–2014 yillarda xuddi shu natijani qayd etgan.
Shu tariqa, Xarri Keyn Germaniya kubogidagi golli seriyasi bo‘yicha «Bavariya»ning ikki afsonasi bilan tenglashdi.













