«Real» himoyachisi Raul Asensio voyaga yetmagan shaxs ishtirokidagi intim xarakterdagi videoni tarqatish ishi bo‘yicha oqlandi.
COPE xabar berishicha, bugungi sud majlisida ehtimoliy jabrlanuvchilarning har ikkisi ham Asensio va ishning boshqa figurantlari — o‘sha vaqtda «Real» akademiyasida bo‘lgan Ferran Ruis, Xuan Rodriges va Andres Garsiyaga nisbatan da’volari yo‘qligini tasdiqlagan.
Sud Asensioga nisbatan ushbu ish bo‘yicha barcha ayblovlarni bekor qildi. Qolgan uch nafar ayblanuvchi esa roziliksiz intim xarakterdagi videoni tarqatish ayblovi bo‘yicha oqlandi. Biroq voyaga yetmagan shaxs ishtirokidagi intim videoni tarqatish bo‘yicha ayblovlar o‘z kuchida qoldi, chunki bunday jinoyat jabrlanuvchilar bilan yarashuv orqali hal qilinishi mumkin emas.













