Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

"Real"ning "Betis"ga qarshi o‘yin uchun qaydnomasi e’lon qilindi

"Real"ning "Betis"ga qarshi o‘yin uchun qaydnomasi e’lon qilindi

Baho:
+ | -

"Real" bosh murabbiyi Joze Mourinyo La Liganing 4-turidan o‘rin olgan "Betis"ga qarshi uchrashuv uchun jamoa qaydnomasini ma’lum qildi. Madridliklar ro‘yxatiga 23 nafar futbolchi kiritilgan. Bahs 4 sentyabr kuni Sevilyadagi "La Kartuxa" stadionida Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.

Darvozabonlar: Tibo Kurtua, Andrey Lunin, Xavi Navarro.

Himoyachilar: Din Hyoysen, Trent Aleksander-Arnold, Ibrahima Konate, Mark Kukurelya, Alvaro Karreras, Antonio Ryudiger, Denzel Dyumfris, Mario Rivas.

Yarim himoyachilar: Jud Bellingem, Eduardu Kamavinga, Federiko Valverde, Arda Gyuler, Bernardu Silva, Seztero, Serxio Martines.

Hujumchilar: Vinisius Junior, Kilian Mbappe, Kristian Espi, Braim Dias va Yan Diomande.

Qaydnomada Orelyen Tchuameni va Raul Asensio yo‘q. Mourinyo o‘yinoldi matbuot anjumanida Tchuamenining tiklanishiga hali vaqt kerakligini, hatto Chempionlar ligasidagi "Inter"ga qarshi bahsda qatnashishi ham so‘roq ostida ekanini aytdi. Asensio esa jarohat sabab yana kamida bir necha hafta maydonga tusha olmaydi.

"Real" yangi mavsumni muvaffaqiyatli boshladi. Mourinyo jamoasi La Ligadagi dastlabki uchta o‘yinda ham g‘alaba qozondi, so‘nggi turda esa "Malaga"ni 4:0 hisobida mag‘lub etdi. 

Kiritildi: 17:23, 03.09.2026.
O'qildi: 1580 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик