Amerikalik MMA jangchisi Shon Bredining aytishicha, Islom Maxachev uchun eng xavfli raqib — ekvadorlik Maykl Morales. U boshqa bir da’vogar Karlos Pratesdan ko‘ra Islomga ko‘proq qiyinchilik tug‘dirishi mumkin.
“Ko‘pchilik o‘z vaqtida Moralesga yutqazganim uchun uning yonini olyapti deb o‘ylashi mumkin, ammo u chindan ham Islomga qiyinchilik tug‘diradi. Pratesning videolarini ko‘rdim: ONE FC ligasida yigitlar uni parterga yiqitib, bemalol do‘pposlashgan. Islom ham uni xuddi shu ahvolga solishi aniq. Moralesning esa parterda qanday harakat qilishi va chidamliligi necho‘g‘li ekani hozircha ko‘pchilikka qorong‘i”, deydi Bredi.
Eslatib o‘tamiz, Islom Maxachev yarim o‘rta vaznga ko‘tarilib, chempionlik kamarini qo‘lga kiritgan edi. U so‘nggi jangida irlandiyalik Yan Gerrini yengib, unvonini muvaffaqiyatli himoya qildi. Aynan shu g‘alabadan keyin rossiyalik jangchi navbatdagi raqibi sifatida Karlos Pratesni ko‘rmoqchi ekanini ma’lum qilgandi.
Shuningdek, uning murabbiyi Xaver Mendes Islomning navbatdagi jangi 2026-yilning dekabr oyida bo‘lib o‘tishi mumkinligini aytgan edi.













