"Liverpul"ning yozgi transfer bozoridagi faoliyati muxlislar tomonidan tanqid qilingan bo‘lsa-da, klub ichidagi manbalar yangi bosh murabbiy Andoni Iraola qo‘l ostida asosiy maqsadlarga erishilgan, deb hisoblamoqda.
The Athletic ma’lumotiga ko‘ra, Muhammad Saloh jamoani tark etganidan keyin "Liverpul"ning asosiy vazifasi qanotlarga tezkor va yuqori saviyali futbolchilarni jalb qilish bo‘lgan.
Bu yo‘nalishdagi eng yirik transfer "PSJ"dan Bredli Barkolyaning 123 million funt evaziga sotib olinishi bo‘ldi.
Shuningdek, hujum chizig‘iga Viktor Munyos qo‘shildi. Ronald Arauxo va Jeremi Jake esa himoyani kuchaytirdi. Bundan tashqari, "Liverpul" "Manchester Siti"ning qiziqishiga qaramay, Kodi Gakponi jamoada olib qolishga muvaffaq bo‘ldi.
Liverpool.com xabariga ko‘ra, klub rahbariyati yozgi transfer oynasi natijalaridan umuman olganda qoniqqan va Iraolaning murabbiylik mahorati orqali amaldagi tarkibdagi futbolchilar ham yanada rivojlanishiga ishonmoqda.
Shunga qaramay, ayrim savollar ochiq qolmoqda. "Liverpul" transfer oynasining so‘nggi pallasida Ismoili Sarr va Malo Gyustoni o‘z safiga qo‘shib olishga urinib ko‘rdi, ammo bu transferlar amalga oshmadi.
Kyortis Jonsning ketishi ortidan markaziy yarim himoyadagi zaxira imkoniyatlari ham xavotir uyg‘otmoqda. Shu sababli tarkibdagi muvozanatni saqlash klub oldidagi asosiy vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda.













