Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/10 11:00 Xitoy - O‘zbekiston
03/10 15:30 Janubiy Koreya - Yaponiya

"Lids" sport direktori Golovin transferi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

"Lids" sport direktori Golovin transferi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

Baho:
+ | -

"Lids Yunayted" sport direktori Adam Andervud klub "Monako" yarim himoyachisi Aleksandr Golovinni transfer qilish imkoniyatini umuman ko‘rib chiqmaganini aytdi.

"Biz bu futbolchini "Lids" uchun hech qachon ko‘rib chiqmaganmiz", dedi Andervud "Chempionat" nashriga bergan izohida.

Bu bayonot avval tarqalgan ma’lumotlarga zid keladi. 3 sentyabr kuni "Chempionat" o‘z manbasiga tayanib, "Lids" yozgi transfer oynasining so‘nggi kunlarigacha Golovinni olish ustida ishlagani haqida xabar bergandi. Manba futbolchining o‘zi ham Angliyaga ko‘chishga tayyor bo‘lganini, ammo transfer moliyaviy va bank operasiyalari bilan bog‘liq qiyinchiliklar sabab amalga oshmay qolganini ta’kidlagan.

Shuningdek, yana bir xabarda Golovinga "Aston Villa" ham qiziqish bildirgani aytilgan. Biroq "Lids" rahbarining so‘zlariga qaraganda, Yorkshir klubi rossiyalik futbolchi bo‘yicha aniq harakat qilmagan.

30 yoshli Golovin "Monako" sharafini 2018 yildan beri himoya qilib kelmoqda. U fransuz klubi safida 270 ta o‘yin o‘tkazib, 40 ta gol va 47 ta golli uzatma qayd etgan. Joriy mavsumda esa 3 ta rasmiy uchrashuvda 1 ta gol va 1 ta assistga mualliflik qildi.

Futbolchining "Monako" bilan shartnomasi 2029 yil yozigacha amal qiladi. Transfermarkt uning bozor qiymatini 18 mln yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 17:56, 03.09.2026.
O'qildi: 785 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик