UYEFA «Fenerbaxche» hujumchisi Meyson Grinvudga nisbatan Chempionlar ligasining pley-off bosqichi doirasida «Lion»ga qarshi javob o‘yinida yuz bergan voqealardan so‘ng intizomiy ish ochdi. Bu haqda Daily Star xabar berdi.
Intizomiy ish yarim himoyachi Matteo Genduzi va «Fenerbaxche» klubiga nisbatan ham boshlangan. Fransiyada o‘tkazilgan uchrashuvda turkiyaliklar 2:1 hisobida g‘alaba qozonganidan so‘ng stadionda ommaviy to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi.
Grinvud yakuniy hakam hushtagi chalinishidan so‘ng yuzaga kelgan mojaroning markazida bo‘ldi. Shu paytda «Lion»ning bir nechta muxlisi «Fenerbaxche» futbolchilarining bayramini nishonlashi vaqtida maydonga tushishga urindi.
Genduzi esa fransuz klubi muxlislarini provokasiya qilishda ayblanmoqda. Mojaro stadionning tribunaosti qismida ham davom etgan va unga har ikki jamoa vakillari aralashgan.
Grinvud iyul oyida «Marsel»dan «Fenerbaxche»ga o‘tib, turkiyaliklar bilan to‘rt yillik shartnoma imzolagan edi.













