Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyo Ispaniya La Ligasining 4-turida «Betis»ga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘yin haqida fikr bildirdi.
«Real» yuqori darajada o‘ynashi kerak, aks holda g‘alaba qozona olmaydi. «Betis» — juda yaxshi jamoa. «Real»ning bu stadiondagi so‘nggi natijalari hammasiga oydinlik kiritib turibdi. Bu yerda g‘alaba qozonish qiyin, buning uchun eng yaxshi holatda bo‘lish kerak, boshqa yo‘l yo‘q», — deya Mourinyoning so‘zlarini «qaymoqranglilar» klubi matbuot xizmati keltirdi.
«Real» — «Betis» uchrashuvi 4 sentyabr kuni Sevilyada bo‘lib o‘tadi.













