Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi 2-2 Xorazm
09/10 18:30 Qo‘qon-1912 - Mash’al
09/10 19:00 Paxtakor - Bunyodkor
09/10 19:00 Buxoro - Andijon
09/10 19:30 Nasaf - Dinamo

Postekoglu: «Bu yerda Ronaldu bor va sen uning tarixining kichik bir qismiga aylanishing mumkin»

Postekoglu: «Bu yerda Ronaldu bor va sen uning tarixining kichik bir qismiga aylanishing mumkin»

Baho:
+ | -

«An-Nasr» bosh murabbiyi Ange Postekoglu Saudiya klubini boshqarishga nega rozi bo‘lganini tushuntirdi.

«Men futbolchi bo‘lgan vaqtimda murabbiyim Pushkash edi — u barcha davrlarning eng buyuk futbolchilaridan biri. Bu insonning tarixiga daxldor bo‘lganim men uchun benihoya qadrli. Juda kichik bir qism bo‘lsam-da, baribir uning tarixining bir qismiman.

Avstraliya terma jamoasida men, ehtimol, mamlakat tarixidagi eng buyuk futbolchi — Kexill bilan ishlaganman. Demak, men uning tarixining ham kichik bir qismiman. Sonni [Son Xyon Min] esa Janubiy Koreyaning eng buyuk futbolchisi, men uning ham tarixida kichik bir o‘ringa egaman.

Shuning uchun bu yerda shubha bo‘lmadi: bu yerda Ronaldu bor. Va sen ham uning tarixining kichik bir qismiga aylanishing mumkinligini tushunasan. Bu xudbinlik bilan bog‘liq emas. Bu mening hayot yo‘lim, bolaligimdan beri shug‘ullanishni istagan ishim va shu yo‘lda ana shunday buyuk insonlar bilan bog‘lanish imkoniyati haqida.

Shu jihatdan ham bu meni o‘ziga tortdi. Gap men haqimda boshqalar hikoya qilishida emas. Aksincha, mening o‘zim keyinchalik bu voqeani hikoya qilib berishim mumkin. Bu ham «An-Nasr»ni tanlashimga sabablardan biri bo‘ldi», — dedi Postekoglu.

Kiritildi: 07:10, 04.09.2026.
O'qildi: 728 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик