Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi 2-2 Xorazm
09/10 18:30 Qo‘qon-1912 - Mash’al
09/10 19:00 Paxtakor - Bunyodkor
09/10 19:00 Buxoro - Andijon
09/10 19:30 Nasaf - Dinamo

Muhammad Saloh ikki qizdan keyin o‘g‘il farzandli bo‘ldi

Muhammad Saloh ikki qizdan keyin o‘g‘il farzandli bo‘ldi

Baho:
+1 | -

Misr terma jamoasi va Turkiyaning «Trabzonspor» klubi hujumchisi Muhammad Salohning o‘g‘il farzandi dunyoga keldi. Bu haqda futbolchining opasi ma’lum qildi.

Chaqaloqqa Layl deb ism qo‘yildi. Bu Saloh oilasidagi birinchi o‘g‘il farzand hisoblanadi. Futbolchining o‘zi esa allaqachon Buyuk Britaniyaga uchib ketgan. Uning rafiqasi va ikki qizi (Makka va Kayan) hozircha o‘sha yerda qolishgan.

Saloh Turkiya Superligasining 4-turidan o‘rin olgan «Trabzonspor» va «Genchlerbirligi» uchrashuvida ishtirok etadimi-yo‘qmi, hozircha ma’lum emas.

Uchrashuv 6 sentyabr kuni soat 22:00 da boshlanadi.

Muhammad Saloh bir oy avval «Trabzonspor» bilan shartnoma imzolagan. Kelishuv ikki yilga mo‘ljallangan. 34 yoshli Salohning avvalgi klubi Angliyaning «Liverpul» jamoasi bo‘lgan. Futbolchi bu yozda «Liverpul»ni tark etgan.

Manba: championat.com
Kiritildi: 12:21, 04.09.2026.
O'qildi: 1493 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик