Kirish Ro'yxatdan o'tish

Alvares va Jonatan David mashg‘ulotdan keyin ishlamoqda

Alvares va Jonatan David mashg‘ulotdan keyin ishlamoqda

Baho:
+ | -

"Atletiko" hujumchilari Xulian Alvares va Jonatan David jamoaviy mashg‘ulot yakunlanganidan keyin ham maydonda qolib, individual tarzda qo‘shimcha ish olib bordi.

Marca ma’lumotiga ko‘ra, Alvares o‘zining optimal jismoniy holatiga tezroq qaytish maqsadida qo‘shimcha yuklamalar bajardi. Argentinalik futbolchi so‘nggi kunlarda formasini tiklash ustida ishlamoqda. Marca avvalroq ham Alvaresning eng yaxshi holatiga tezroq chiqishi "Atletiko" murabbiylar shtabi oldidagi asosiy vazifalardan biri ekanini qayd etgandi.

Jamoaning yangi hujumchisi Jonatan David esa mashg‘ulotdan so‘ng golli vaziyatlarni yakunlash va zarbalar aniqligini oshirishga qaratilgan mashqlarni bajardi.

Kanadalik forvard yaqinda "Yuventus"dan "Atletiko"ga ijara asosida qo‘shildi. Madridliklar uni keyinchalik sotib olish huquqiga ham ega. David hujum chizig‘ida Alvares va Aleksander Syorlot bilan raqobat olib boradi.

Kiritildi: 13:39, 04.09.2026.
O'qildi: 785 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик