"PSJ" bugungi Liga 1 doirasidagi "Monako"ga qarshi uchrashuv uchun qaydnomasini e’lon qildi.
Usmon Dembele qisqa tanaffusdan so‘ng safga qaytdi. Kasallikdan tiklangan Joau Nevesh ham yana jamoa qaydnomasiga kiritildi.
"PSJ" mavsum startini omadsiz boshladi. Parijliklar "Renn" va "Lill"ga qarshi ketma-ket ikki o‘yinda durang qayd etdi va endi mavsumdagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritishga harakat qiladi.
"PSJ"ning "Monako"ga qarshi o‘yin uchun to‘liq qaydnomasi:
Darvozabonlar: Lyuka ShevalYE, Matvey Safonov, Vinyo.
Himoyachilar: Ashraf Hakimiy, Lyuka Beraldo, Markinyos, Ilya Zabarniy, Lyuka Ernandes, Villian Pacho.
Yarim himoyachilar: Fabian Ruis, Vitinya, Uorren Zair-Emeri, Dro, Mayulu, Joau Nevesh.
Hujumchilar: Xvicha Kvarasxeliya, Ferran Torres, Magnes Akliush, Dezire Due, Godts, Usmon Dembele.













