Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/09 19:00 Lokomotiv 3-0 Mash’al
11/09 19:00 Buxoro 1-4 Navbahor

Simeone: "Umid qilaman, Alvares bu holatdan saboq chiqaradi"

Simeone: "Umid qilaman, Alvares bu holatdan saboq chiqaradi"

Baho:
+ | -

"Atletiko" bosh murabbiyi Diyego Simeone hujumchi Xulian Alvaresning jamoadagi hozirgi holati va kelajagi haqida fikr bildirdi.

Argentinalik mutaxassis futbolchining oldida yangi imkoniyat paydo bo‘lganini ta’kidladi.

"Men uchun hayot imkoniyatlarga to‘la. Hozir Xulianda ham shunday imkoniyat bor", — dedi Simeone.

Murabbiy odamlarni doimiy baholash va tanqid qilishdan ko‘ra, tajribadan saboq chiqarish muhimligini ham qayd etdi.

"Biz ko‘pincha hayotimizni boshqalarni baholash bilan o‘tkazamiz. Balki buni kamroq qilib, ko‘proq o‘rganishga e’tibor qaratishimiz kerakdir. Umid qilaman, bu voqea Xulian uchun yaxshi saboq bo‘ldi.

U baxtli bo‘lishini istayman. Futre kecha unga juda chiroyli videoda aytganidek, umid qilamanki, u bu baxtni gollar urish orqali ham ko‘rsatadi", — dedi Simeone.

Kiritildi: 15:38, 04.09.2026.
O'qildi: 940 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик