Kirish Ro'yxatdan o'tish

Kasado Turkiya va Saudiyadan takliflarni rad etib, "Deportivo"ni tanladi

Kasado Turkiya va Saudiyadan takliflarni rad etib, "Deportivo"ni tanladi

Baho:
+ | -

Diario SPORT ma’lumotiga ko‘ra, Mark Kasado yozgi transfer oynasining so‘nggi soatlarida bir qator keskin va kutilmagan voqealarni boshdan kechirgan.

22 yoshli yarim himoyachi Xans-Diter Flik yangi mavsumda unga asosiy rejalaridan joy yo‘qligini bildirganidan so‘ng, muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishni ustuvor maqsad qilib qo‘ygan.

Kasadoning "Bayer"ga 20 million yevroga to‘liq transfer qilinishi kutilgan, ammo Robert Andrix nemis klubini tark etmagani sabab kelishuv so‘nggi lahzada buzilgan.

"Real Betis" va "Elche" ham futbolchiga qiziqish bildirgan, biroq ikki klub ham uni to‘liq sotib olish uchun yetarli moliyaviy imkoniyatga ega bo‘lmagan. Saudiya Arabistoni va Turkiyadan tushgan variantlar esa dastlab Kasado tomonidan chetga surilgan.

Transfer oynasining so‘nggi kuni tushdan keyin "Barselona" sport rahbariyati futbolchini "Deportivo La-Korunya"ga ijaraga berish variantini taklif qildi. Ushbu transferni jamoa bosh murabbiyi Antonio Idalgo ham faol qo‘llab-quvvatlagan.

Muzokaralar davomida 30 million yevrolik majburiy xarid bandi borasida jiddiy kelishmovchilik yuzaga kelgan. Yakunda Deku yon berdi va barcha hujjatlar transfer oynasi yopilishidan biroz oldin rasmiylashtirildi.

Kiritildi: 15:54, 04.09.2026.
O'qildi: 1081 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик