Yozda "Real"ni tark etib, "Real Betis"ga o‘tgan chap qanot himoyachisi Fran Garsiya Joze Mourinyoni madridliklarni avvalgi shon-shuhratiga qaytarish uchun eng munosib murabbiy deb hisoblaydi.
"Menimcha, undan yaxshiroq nomzod bo‘lishi mumkin emasdi. U ideal murabbiy. O‘tgan mavsum odatdagidan farq qildi, klub atrofida juda ko‘p shov-shuv bo‘ldi.
Agar kimdir "Real"ni yana to‘g‘ri yo‘lga sola olsa — kiyim almashtirish xonasidagi muhitni, muxlislar bilan munosabatni yaxshilab va eng muhimi, natija keltirib — bu Mourinyo", — dedi Garsiya.













