Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/09 00:00 Espanyol 1-1 Sevilya
07/09 21:30 Kalyari 1-0 Lechche
07/09 22:00 Xetafe 1-1 Selta
07/09 23:45 Udineze 1-2 Lasio
08/09 00:30 Elche 2-3 Real Sosyedad
09/09 18:30 OKMK - Paxtakor
09/09 19:00 Neftchi - Surxon
09/09 20:00 Nasaf - Bunyodkor

Allegri: "Inter" — chempionlik uchun haqiqiy favorit"

Allegri: "Inter" — chempionlik uchun haqiqiy favorit"

Baho:
+ | -

"Napoli" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri "Komo"dan uchralgan mag‘lubiyatni ortiqcha dramalashtirmaslikka chaqirdi.

Neapolliklar o‘z maydonida "Komo"ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi va "Inter"ga qarshi o‘yin oldidan ayrim kadrlar muammosiga ham duch kelmoqda.

"Neapolda hamma narsa yo haddan tashqari xursandchilik, yoki tushkunlik bilan qabul qilinishini tushunaman. Ammo hozir bor-yo‘g‘i uchinchi tur. "Komo"dan mag‘lub bo‘lganimizdan xafamiz, lekin oldinda hali juda ko‘p o‘yinlar bor. Qolaversa, biz yomon ham o‘ynamadik", — deya Allegrining so‘zlarini Football Italia keltirdi.

"Inter" chempionlik uchun haqiqiy favorit. Biz esa yanada e’tiborli bo‘lishimiz kerak, chunki "Komo"ga qarshi oldini olish mumkin bo‘lgan ikkita gol o‘tkazib yubordik", — dedi murabbiy.

"Inter" va "Napoli" o‘rtasidagi uchrashuv 5 sentyabr kuni A Seriya 3-turi doirasida bo‘lib o‘tadi.

Skott Maktominay jarrohlik amaliyotidan keyin bir necha o‘yinni o‘tkazib yuboradi. Djovane "Komo"ga qarshi bahsda jarohat olgan. Shuningdek, Alessandro Bondjorno va Luka Maryanuchchi ham hozircha maydonga tusha olmaydi.

Kiritildi: 22:17, 04.09.2026.
O'qildi: 590 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик