Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Komo» «Jenoa»ni yirik hisobda mag‘lub etib, A Seriya peshqadamiga aylandi

«Komo» «Jenoa»ni yirik hisobda mag‘lub etib, A Seriya peshqadamiga aylandi

Baho:
+ | -

«Komo» Italiya chempionatining 3-turidan o‘rin olgan safar uchrashuvida «Jenoa»ni 4:1 hisobida mag‘lub etdi.

Mehmonlar safida Martin Baturina, Niko Pas va Assan Diao gol urdi. Diao esa dubl qayd etdi. «Jenoa»ning yagona goliga Milutin Osmaich mualliflik qildi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng «Komo» ochkolari sonini 7 taga yetkazib, A Seriya turnir jadvalida peshqadamga aylandi.

«Jenoa» esa ketma-ket uchinchi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi. Genuyaliklar turnir jadvalida so‘nggi o‘ringa tushib qoldi.

Kiritildi: 02:20, 05.09.2026.
O'qildi: 1051 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик