Kirish Ro'yxatdan o'tish

Genduzi to‘rt o‘yinga chetlatildi, «Lion» va «Fenerbaxche» katta jarima to‘laydi

Genduzi to‘rt o‘yinga chetlatildi, «Lion» va «Fenerbaxche» katta jarima to‘laydi

Baho:
+ | -

UEFA Chempionlar ligasi saralash bosqichi javob uchrashuvidan keyin yuz bergan janjal sabab «Fenerbaxche» yarim himoyachisi Matteo Genduzi va «Lion» darvozabonlar murabbiyi Antonio Ferreyrani jazoladi.

Genduzi to‘rtta o‘yinga diskvalifikasiya qilindi. Ushbu jazoning ikki uchrashuvi bir yillik sinov muddati bilan shartli ravishda belgilandi. Shuningdek, fransiyalik futbolchi 30 ming yevro miqdorida jarimaga tortildi.

Antonio Ferreyra esa beshta o‘yinga diskvalifikasiya qilindi. «Fenerbaxche» vingeri Meyson Grinvudga ham bir uchrashuvlik shartli diskvalifikasiya berildi.

Bundan tashqari, UEFA «Lion» klubini 108,5 ming yevro, «Fenerbaxche»ni esa 95 ming yevro miqdorida jarimaga tortdi.

Uchrashuv yakunida Genduzi jamoasining Chempionlar ligasi umumiy bosqichiga yo‘l olganini nishonlayotgan paytda muxlislar bilan tortishib qolgan. Futbolchi kiyinish xonalari tomon yo‘l olganida Ferreyra bilan ham janjal yuzaga kelgan. Shundan so‘ng ikki jamoa vakillari ishtirokida ommaviy to‘qnashuv boshlangan.

Kiritildi: 02:36, 05.09.2026.
O'qildi: 872 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик