Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Everton» Antoni Marsyal bilan muzokaralarni boshladi

«Everton» Antoni Marsyal bilan muzokaralarni boshladi

Baho:
+ | -

Antoni Marsyal Angliya Premyer-ligasiga qaytishi mumkin. Fransiyalik futbolchining yangi klubi «Everton» bo‘lishi ehtimol qilinmoqda.

Derbyderbyderby.it ma’lumotiga ko‘ra, Liverpul klubi rahbariyatiga Marsyalning erkin agent maqomida ekani ma’qul kelgan.

30 yoshli futbolchi uchun bu 2024 yilda «Manchester Yunayted»ni tark etganidan so‘ng pasayib borayotgan faoliyatini qayta tiklash imkoniyati bo‘lishi mumkin.

Qayd etilishicha, «Everton» avval ham faoliyatida qiyin davrni boshdan kechirayotgan Dele Alliga yangi imkoniyat berishga uringan, ammo bu tajriba muvaffaqiyatli yakunlanmagan.

Manbaga ko‘ra, tomonlar hozirda faol aloqada, ammo hali yakuniy qaror qabul qilinmagan.

Kiritildi: 08:17, 05.09.2026.
O'qildi: 767 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик