Angliya Premyer-ligasining 3-turida «Ipsvich» o‘z maydonida «Liverpul»ga 0:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Mezbonlar har ikki golni ham o‘yinning dastlabki daqiqalarida o‘tkazib yubordi.
«Ipsvich» bosh murabbiyi Garri O’Nil uchrashuvdan so‘ng jamoasining harakatlarini baholadi.
«Jamoamdan faxrlanaman. Menimcha, biz juda yaxshi o‘ynadik. Dastlabki 10 daqiqada yo‘l qo‘yilgan ikki xato vazifamizni ancha qiyinlashtirdi.
Ammo shundan keyin o‘yinning katta qismida raqibdan yaxshiroq ko‘rindik, deb o‘ylayman. Ko‘proq zarba berdik va bir nechta juda yaxshi golli vaziyatlar yaratdik», — dedi mutaxassis BBC Sport nashriga.
Ayni paytda «Ipsvich» APL turnir jadvalida 13-o‘rinni egallab turibdi.













