Bugun, 5 sentyabr kuni Angliya Premyer-ligasining 3-tur bahslari davom ettiriladi. Shanba kungi dasturdan jami 7 ta uchrashuv o‘rin olgan.
Turning bugungi ilk bahsi "Nyukasl" va "Bornmut" o‘rtasida o‘tkaziladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 16:30 da boshlanadi.
Soat 19:00 da bir vaqtning o‘zida beshta o‘yinga start beriladi. "Brentford" "Sanderlend"ni, "Brayton" "Lids"ni, "Fulxem" "Kristal Pelas"ni, "Manchester Siti" "Koventri"ni, "Nottingem Forest" esa "Tottenxem"ni qabul qiladi.
Kunning so‘nggi uchrashuvida "Hall Siti" va "Aston Villa" to‘qnash keladi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 21:30 da boshlanadi.
3-tur yakshanba kuni ham davom etadi. 6 sentyabrda "Everton" — "Manchester Yunayted" hamda turning markaziy uchrashuvlaridan biri "Arsenal" — "Chelsi" bahslari o‘tkaziladi.













