Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/09 11:00 Xitoy 3-0 Tailand
26/09 15:30 Yaponiya 1-0 KXDR

"Qizilqum" — "Buxoro": o‘zaro o‘yinlarda kuchlar mutlaq teng

"Qizilqum" — "Buxoro": o‘zaro o‘yinlarda kuchlar mutlaq teng

Baho:
+ | -

Bugun O‘zbekiston Superligasining 20-turi doirasida "Qizilqum" va "Buxoro" jamoalari o‘zaro to‘qnash keladi. Bahs soat 20:15 da Yoshlar sport majmuasida boshlanadi.

Jamoalar shu kunga qadar 45 marta o‘zaro maydonga tushgan va natijalarda mutlaq tenglik qayd etilgan. "Qizilqum" ham, "Buxoro" ham 19 tadan g‘alabaga erishgan, yana 7 ta uchrashuv durang bilan yakunlangan.

To‘plar nisbatida navoiyliklar kichik ustunlikka ega — 56:51.

"Qizilqum"ning ushbu raqib ustidan eng yirik g‘alabasi 5:0 hisobida qayd etilgan. "Buxoro" esa o‘zaro uchrashuvlarda 4:1 hisobidagi eng yirik g‘alabaga ega.

Shu tariqa, bugungi bahs jamoalarning o‘zaro 46-uchrashuvi bo‘ladi va g‘olib tomon qarama-qarshilik tarixidagi g‘alabalar soni bo‘yicha oldinga chiqib oladi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 13:51, 05.09.2026.
O'qildi: 893 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик