Roberto Firmino Angliyadan ketganiga to‘rtinchi mavsum bo‘ldi, ammo mersisaydliklar afsonasi «Liverpul»ni unutgani yo‘q.
Sports Illustrated braziliyalik futbolchidan birga maydonga tushgan futbolchilardan ramziy jamoa tuzishni so‘radi. Firmino sobiq jamoadoshlari va raqiblaridan istaganlarini tanlashi mumkin edi.
Biroq Firmino faqat «qizillar»ni tanladi:
«Xo‘sh, darvozada Alisson bo‘ladi. Markaziy himoyada Van Deyk va Joel Matip. Keyin Trent va Robertson. Yarim himoyada Fabinyo, Veynaldum va Koutinyo. Hujumda esa Mane, Salax va, albatta, o‘zimni qo‘yaman! Menda «Liverpul» tarkibi hosil bo‘ldi, to‘g‘rimi?», dedi Firmino.













