Xans-Diter Flik «Barselona» sardolari kim bo‘lishini ma’lum qildi.
«Birinchi — Rafinya, ikkinchi — Pedri, uchinchi — Erik, to‘rtinchi — Frenki, beshinchi — Lamin. Bu normal holat. Hozir ter Shtegen va Ronald Arauxo yo‘q. Shuning uchun Erik va Lamin paydo bo‘ldi. Ikki nafar kapitanni o‘zim tanladim. Qolgan uch nafarini jamoa ovoz berish orqali tanladi — bular Erik, Frenki va Lamin.
Jamoaga va bizda bor futbolchilarga, ularning jamoa ichidagi ta’siriga qaraganimda, Rafinya va Pedrini ko‘raman. Boshqa birovni emas, aynan ularni tanlashni istadim, chunki ular doimo asosiy tarkibda o‘ynashadi.
Bu oson qaror bo‘ldi, chunki endi jamoani yaxshiroq bilaman. Oldingi mavsumlarda Mark, Arauxo yoki Frenki kabi ko‘p o‘ynamagan futbolchilarimiz bor edi.
Men o‘z tanlovimdan ham, jamoaning tanlovidan ham, umuman, besh nafar kapitandan ham mamnunman», — dedi «Barselona» bosh murabbiyi.













