"Barselona" bosh murabbiyi Hansi Flik "Valensiya"ga qarshi ertangi uchrashuv oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida Lamin Yamalning holati haqida ma’lumot berdi.
Yamal bugun jamoa bilan umumiy mashg‘ulotda ishtirok etmagan va yakka tartibda ishlagan. Flikning aytishicha, futbolchi biroz og‘riq his qilgani sababli unga alohida shug‘ullanish tavsiya etilgan.
"U yakka tartibda mashq qildi va hozircha hammasi yaxshi. Lamin ertaga biz bilan birga safarga chiqadi. Uning uchrashuvda ishtirok eta olishi yoki yo‘qligi bo‘yicha yakuniy qarorni ertaga qabul qilamiz", — dedi Flik.
Mutaxassis mashg‘ulotdan keyin Yamal o‘zini yaxshi his qilayotganini ham ta’kidladi.
"U mashg‘ulotdan so‘ng o‘zini yaxshi his qilayotganini aytdi. Shuning uchun u biz bilan safarga chiqishi va ertangi o‘yinda ishtirok eta olishiga umid qilamiz", — deya qo‘shimcha qildi "Barselona" ustozi.













