«Yuventus» hujumchisi Randal Kolo Muani jamoaga qaytish nima uchun u uchun muhim bo‘lganini tushuntirdi.
Fransiyalik futbolchi o‘tgan mavsumni «Tottenxem»da ijarada o‘tkazgan bo‘lsa-da, Turin klubiga qaytishni doimo ustuvor maqsad qilib kelgan.
Kolo Muani «Yuventus»dagi avvalgi qisqa faoliyati davomida muhim gollar urib, muxlislar mehrini qozongani bois yana jamoa safiga qaytishni istagan. Uning ta’kidlashicha, «Yuventus»dagi muhit va klub a’zolarining unga munosabati qaror qabul qilishida muhim ahamiyat kasb etgan.
«Bu men uchun juda muhim, chunki bu yerga kelganimda hamma men bilan oila a’zosidek muomala qiladi — jamoadoshlarim ham, klubdagilar ham.
Shuning uchun bu yerda o‘zimni juda yaxshi his qilaman va qaytishim men uchun juda muhim edi», — dedi Kolo Muani TuttoJuve nashriga.













