Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/09 00:00 Espanyol 1-1 Sevilya
07/09 21:30 Kalyari 1-0 Lechche
07/09 22:00 Xetafe 1-1 Selta
07/09 23:45 Udineze 1-2 Lasio
08/09 00:30 Elche 2-3 Real Sosyedad
08/09 21:45 Bryugge - Aston Villa
08/09 21:45 AEK - LASK
09/09 18:30 OKMK - Paxtakor
09/09 19:00 Neftchi - Surxon
09/09 20:00 Nasaf - Bunyodkor

Benzema «Lion»ga tekinga o‘ynash uchun qaytishga tayyor bo‘lgan

Benzema «Lion»ga tekinga o‘ynash uchun qaytishga tayyor bo‘lgan

Baho:
+ | -

«Lion» sobiq hujumchisi Karim Benzema Fransiya klubiga qaytib, hatto maoshsiz o‘ynashga ham tayyor bo‘lgan. Bu haqda L'Equipe xabar bermoqda.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, 38 yoshli futbolchi «Lion»ga bo‘lgan hurmati va tug‘ilib o‘sgan shahriga mehri tufayli shunday qadam tashlashga tayyor edi. Klub rahbariyati ham shu yozda Benzemani qaytarish imkoniyatini ko‘rib chiqqan, biroq o‘sha paytda u «Al-Hilol» bilan shartnoma asosida bog‘langan edi.

31 avgust kuni fransiyalik futbolchi Saudiya Arabistoni klubi bilan shartnomasini bekor qildi. Shunga qaramay, Benzema 2030 yilga qadar Saudiya Arabistoni chempionati elchisi bo‘lib qoladi. Uning imij shartnomasidagi ayrim bandlar hujumchining boshqa mamlakatda faoliyatini davom ettirishiga to‘sqinlik qilishi mumkin.

Xabar qilinishicha, Benzema vakillari Saudiya Arabistoni Davlat investisiya jamg‘armasi — PIF bilan Liga 1da o‘ynash uchun istisno qo‘llash masalasida muzokara olib borgan, ammo tomonlar o‘rtasidagi muloqot deyarli boshi berk ko‘chaga kirib qolgan.

L'Equipe ma’lumotiga ko‘ra, shu vaziyat fonida Benzemaning futbolchilik faoliyatini yakunlash ehtimoli tobora oshib bormoqda. Fransiyalik hujumchi 2026/27 yilgi mavsumga dastlab faoliyatidagi so‘nggi mavsum sifatida tayyorgarlik ko‘rgan.

Benzema «Lion» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U klubning asosiy jamoasida 2005 yildan 2009 yilgacha to‘p tepgan va shundan so‘ng «Real»ga ko‘chib o‘tgan.

Kiritildi: 04:13, 06.09.2026.
O'qildi: 837 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик