Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/10 11:00 Xitoy - O‘zbekiston
03/10 15:30 Janubiy Koreya - Yaponiya

Gasperini: «Jamoa haqiqatan ham o‘z kuchiga ishonadi»

Gasperini: «Jamoa haqiqatan ham o‘z kuchiga ishonadi»

Baho:
+ | -

«Roma» bosh murabbiyi Jan Pyero Gasperini Italiya chempionatining 3-turida «Atalanta» ustidan 2:1 hisobida qozonilgan irodali g‘alabadan so‘ng jamoasining xarakterini alohida ta’kidladi.

«Biz kuchli jamoaga qarshi o‘ynadik va birinchi bo‘limni to‘liq nazorat qilgan bo‘lsak-da, raqibning ilk hujumidayoq gol o‘tkazib yubordik. Bunday issiq havoda doim hujum qilib, gol ura olmasangiz, kuchingizni yo‘qotib qo‘yish xavfi bor.

Shunga qaramay, biz oxirigacha bosimni davom ettirdik. 89-daqiqagacha hisobda ortda borayotgan holda qo‘shib berilgan vaqtda g‘alaba qozonish — jamoa haqiqatan ham o‘z kuchiga ishonishining belgisi», — deya Gasperinining so‘zlarini Football Italia keltirmoqda.

«Roma» 9 imkoniyatdan 9 ochko to‘plab, «Inter» bilan birga turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

Payshanba kuni rimliklar Chempionlar ligasida 7 yillik tanaffusdan keyingi ilk uchrashuvini o‘tkazadi. «Roma» Turkiyaning «Fenerbaxche» klubiga qarshi maydonga tushadi.

Kiritildi: 04:34, 06.09.2026.
O'qildi: 656 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик