«Lion» bosh murabbiyi Paulu Fonseka klubning yangi futbolchisi Zakari Atekame haqida fikr bildirdi. Fransiya klubi futbolchini «Milan»dan ijaraga olgan. Fonseka esa avvalroq Italiya klubida bir necha oy ishlagan edi.
Portugaliyalik mutaxassisning fikricha, Atekame yorqin individual xususiyatlarga va kuchli xarakterga ega futbolchi.
«Biz yorqin individuallik va kuchli xarakterga ega futbolchilarni taklif qildik — Baxer, Bidstrup va Atekame shular jumlasidan. Bu jamoa yaxshi muvozanat va psixologik barqarorlik bilan ajralib turadi», — deya Fonseka so‘zlarini pianetamilan.it keltirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Fonseka «Milan»dan ketganidan so‘ng, 2025 yil boshidan buyon «Lion»ni boshqarib kelmoqda.













