Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/09 11:00 Janubiy Koreya 2-1 Xitoy
30/09 15:30 O‘zbekiston - Yaponiya

Arteta Sakaning yangi bosqichga chiqayotganini ta’kidladi

Arteta Sakaning yangi bosqichga chiqayotganini ta’kidladi

Baho:
+ | -

«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta vinger Bukayo Sakaning o‘yini haqida fikr bildirdi.

Angliyalik futbolchi APLning joriy mavsumidagi dastlabki ikki uchrashuvning har birida bittadan gol urdi.

O‘tgan mavsum «kanonirlar» yulduzi uchun, jamoaning chempionatdagi muvaffaqiyatiga qaramay, u qadar omadli kechmagan edi. Bunga asosiy sabablardan biri jarohatlar bilan bog‘liq muammolar bo‘ldi.

«Uning ta’tildan muddatidan oldin qaytishga qaror qilgani va mavsumoldi tayyorgarlikdagi mehnati — juda yaxshi belgi.

Ba’zan futbolchining faoliyatida unga yangi motivasiya kerak bo‘ladigan palla keladi. Ayrim holatlarda yangi darajaga chiqish uchun kichik bir turtkining o‘zi yetarli bo‘ladi.

Hozir biz Bukayoda ana shunday o‘sish alomatlarini ko‘ryapmiz», — deya Artetaning so‘zlarini jurnalist Konnor Hem keltirmoqda.

Yakshanba kuni «Arsenal» o‘z maydonida «Chelsi»ga qarshi maydonga tushadi.

Kiritildi: 05:03, 06.09.2026.
O'qildi: 933 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик