Ispaniya chempionatining 4-tur uchrashuvlari davom etmoqda. «Atletik» o‘z maydonida «Atletiko»ni qabul qildi va kutilmaganda raqibini 3:0 hisobida yirik mag‘lubiyatga uchratdi.
Ma’lum bo‘lishicha, bu basklarning «Atletiko» ustidan 2013 yildan beri qayd etgan eng yirik g‘alabasi bo‘ldi. O‘shanda ham «Atletik» madridliklarni 3:0 hisobida yenggan, jamoani esa Marselo Byelsa boshqargan edi.
Shunga qaramay, bu g‘alaba «Atletik»ka Diyego Simeone shogirdlarini turnir jadvalida ortda qoldirish imkonini bermadi. «Atletiko» 7-o‘rinda qolgan bo‘lsa, «Atletik» hozircha 9-pog‘onada bormoqda.
La Liganing keyingi turida «Atletik» o‘z maydonida «Elche»ni qabul qiladi.













