Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/10 11:00 Xitoy - O‘zbekiston
03/10 15:30 Janubiy Koreya - Yaponiya

«Bavariya»ning 67 turlik tarixiy peshqadamlik seriyasi yakunlandi

«Bavariya»ning 67 turlik tarixiy peshqadamlik seriyasi yakunlandi

Baho:
+ | -

«Bavariya» Germaniya chempionatining 2-turida «Shalke» bilan 0:0 hisobida durang o‘ynadi.

Shu tariqa, myunxenliklarning Bundesliga tarixida rekord hisoblangan ketma-ket 67 tur davomida turnir jadvalida peshqadam bo‘lib kelish seriyasi yakunlandi.

Bu seriya 2024/25 yilgi mavsumning 2-turidan boshlangan edi.

Avvalgi rekord ham «Bavariya»ga tegishli bo‘lgan. O‘shanda myunxenliklar ketma-ket 43 tur davomida peshqadamlik qilgan va seriya 1973/74 yilgi mavsumning ilk o‘yin kunida yakunlangan.

Joriy mavsumning dastlabki ikki turidan keyin «Bavariya» 4 ochko bilan turnir jadvalida 4-o‘rinni egallab turibdi.

Myunxenliklar 6 tadan ochko jamg‘argan «Frayburg», Dortmundning «Borussiya»si va «Elfersberg»dan 2 ochko ortda qolmoqda.

Kiritildi: 08:50, 06.09.2026.
O'qildi: 1532 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик