«Napoli» yarim himoyachisi Skott Maktominey yurakdagi yengil va xavfsiz aritmiyani bartaraf etish uchun operasiya qilinadi.
29 yoshli futbolchi jamoa safiga kamida 6 haftadan keyin qaytishi mumkin. Bu haqda «Napoli» direktori Jovanni Manna ma’lum qildi.
«Skott ablyasiya amaliyotidan o‘tadi. Shundan keyin u qonni suyultiruvchi dori vositalarini ham qabul qilishi kerak bo‘ladi.
Shuning uchun mashg‘ulotlarga qaytishiga kamida 28 kun ketadi, keyin esa yana hech bo‘lmaganda ikki hafta vaqt talab etiladi. U oktyabr oyida safga qaytishiga umid qilyapmiz», — dedi Manna.













