Kirish Ro'yxatdan o'tish

MLS. Grizmanning goli "Orlando"ga g‘alaba keltirdi

MLS. Grizmanning goli "Orlando"ga g‘alaba keltirdi

Baho:
+ | -

"Orlando Siti" MLS muntazam chempionatining uy uchrashuvida "San-Diyego"ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi.

Uchrashuvdagi yagona gol 28-daqiqada mezbonlar hujumchisi Antuan Grizmann tomonidan urildi.

35 yoshli fransiyalik futbolchi shu tariqa ketma-ket to‘rtinchi o‘yinda golli harakat qayd etdi.

"Orlando Siti" 23 ta uchrashuvdan keyin 28 ochko bilan MLS Sharqiy konferensiyasi turnir jadvalida 8-o‘rinni egallab turibdi.

"San-Diyego" esa 30 ochko bilan G‘arbiy konferensiyada 9-pog‘onada bormoqda.

Kiritildi: 10:05, 06.09.2026.
O'qildi: 783 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик