«Barselona» yozgi transferlar oynasida yangi markaziy himoyachi bilan shartnoma imzolay olmadi. Kataloniya klubi «Tvente»ning 18 yoshli himoyachisi Ruud Neystadni qo‘lga kiritishga jiddiy urindi va so‘nggi sakkiz oy davomida uni transfer qilish bo‘yicha bir nechta taklif berdi. Biroq «Tvente» ularni qoniqarsiz deb topdi.
«Barselona» Neystad uchun 2027 yil qishki transferlar oynasida yana bir bor harakat qilishi kutilmoqda.
«Ruudga turli katta klublardan qiziqish bor. Bu hech kimga sir emas. U esa «Tvente»da qolishni xohlayapti. Biz uning shartnomasini shunchaki uzaytirmadik. U kamida shu mavsumda jamoada qolib, o‘z yo‘lini davom ettirishni, biz bilan birga muvaffaqiyatga erishishni istaydi. Keyin esa nima bo‘lishini ko‘ramiz», — dedi «Tvente» sport direktori Erik ten Xag.













