Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/09 00:00 Betis 1-0 Real Madrid
05/09 00:00 Ipsvich 0-2 Liverpul
05/09 16:30 Nyukasl 2-2 Bornmut
05/09 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Dinamo
05/09 18:00 So‘g‘diyona 5-2 Mash’al
05/09 18:00 Fiorentina 1-2 Torino
05/09 19:00 Brentford 1-1 Sanderlend
05/09 19:00 Brayton 1-1 Lids
05/09 19:00 Fulhem 2-3 Kristal Pelas
05/09 19:00 Manchester Siti 1-0 Koventri Siti
05/09 19:00 Nottingem Forest 0-0 Tottenhem
05/09 19:15 Atletik Bilbao 3-0 Atletiko
05/09 20:15 Qizilqum 3-2 Buxoro
05/09 21:00 Inter 3-2 Napoli
05/09 21:30 Rayo Valyekano 3-2 Rasing
05/09 21:30 Xall Siti 0-0 Aston Villa
05/09 23:45 Roma 2-1 Atalanta
06/09 00:00 Vilyarreal 2-3 Deportivo
06/09 18:00 Everton - Man. Yunayted
06/09 18:00 Frozinone - Venetsiya
06/09 18:00 Parma - Monsa
06/09 19:15 Valensiya - Barselona
06/09 20:30 Arsenal - Chelsi
06/09 21:00 Bolonya - Sassuolo
06/09 21:30 Osasuna - Alaves
06/09 21:30 Malaga - Levante
06/09 23:45 Yuventus - Milan
07/09 00:00 Espanyol - Sevilya
07/09 21:30 Kalyari - Lechche
07/09 22:00 Xetafe - Selta
07/09 23:45 Udineze - Lasio

Eldor Shomurodovning “Trabzonspor”ga transferi nega amalga oshmay qoldi?

Eldor Shomurodovning “Trabzonspor”ga transferi nega amalga oshmay qoldi?

Baho:
+ | -

Turkiyaning “Trabzonspor” klubi yozgi transferlar oynasining so‘nggi kunigacha o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodovni o‘z safiga qo‘shib olishga jiddiy harakat qilgani ma’lum bo‘ldi.

Trabzonliklar hujumchi Felipe Augusto o‘rniga 18 yoshli Rene Mitongoni sotib olgan. Biroq klub yosh futbolchiga yetarli o‘yin amaliyoti berish uchun uni ijaraga jo‘natishni, hujum markaziga esa tajribaliroq forvard olib kelishni maqsad qilgan. Jamoa bosh murabbiyi Fatih Tekkega aynan O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardorining o‘yin uslubi ma’qul kelgan va uni transfer ro‘yxatidagi asosiy nomzodlardan biri sifatida ko‘rsatgan.

Qayd etilishicha, “Trabzonspor” rahbariyati 31 yoshli hujumchining transferi yuzasidan “Bashakshehir” bilan dastlabki aloqalarni o‘rnatib, narx-navo bo‘yicha ma’lumot olgan. Trabzonliklar transfer oynasi yopilguniga qadar hujum chizig‘ini aynan Shomurodov bilan kuchaytirishni niyat qilgan bo‘lsa-da, yakunda kelishuv amalga oshmay qolgan. Fanatik nashrining ma’lum qilishicha, “Bashakshehir” O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori uchun 13–15 million yevro atrofida mablag‘ talab qilgan.

Aslida, Konferensiyalar Ligasining saralash bosqichidan o‘ta olmagan “Bashakshehir” ba’zi yulduzlarini sotishga qarshi emasdi. Jamoaning hujum chizig‘ida ham raqobat yuqori: Selke, Nunu da Koshta, Bertug‘ Yildirim, Umut Bozok hamda Shomurodov mavjud. Biroq Istanbul klubining yuqori narx belgilagani hamda “Trabzonspor”dagi legionerlar limiti bilan bog‘liq vaziyat sababli, muddat tugaguniga qadar bu transferni yakunlashning imkoni bo‘lmagan.

Ma’lumot o‘rnida, Istanbul klubi Shomurodov transferi uchun jami 5,8 million yevro xarajat qilgan edi. Jamoa 2025-yili hujumchini “Roma”dan 3 million yevroga ijaraga olgan va yozda shartnomada ko‘rsatilgan 2,8 million yevrolik to‘liq sotib olish huquqidan foydalangandi.

Kiritildi: 12:21, 06.09.2026.
O'qildi: 386 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик