Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Al-Ittihod" "Feyenoord" futbolchisi uchun 40 million yevro taklif qildi

"Al-Ittihod" "Feyenoord" futbolchisi uchun 40 million yevro taklif qildi

Baho:
+ | -

"Feyenoord" hujumkor yarim himoyachisi Anis Haj-Mussa Saudiya Arabistoni chempionatiga ko‘chib o‘tishi mumkin. Bu haqda L'Equipe xabar bermoqda.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, 24 yoshli jazoirlik futbolchiga "Al-Ittihod" qiziqish bildirmoqda. Saudiya klubi uning transferi uchun 40 million yevro taklif qilgan.

Haj-Mussaning o‘zi ham Rotterdam klubi rahbariyatiga jamoani almashtirish istagi borligini ma’lum qilgan.

Anis 2024 yil yozidan buyon "Feyenoord" safida to‘p tepmoqda. Vinger jamoa tarkibida jami 87 ta uchrashuv o‘tkazib, 26 ta gol urdi va 11 ta golli uzatma berdi.

Saudiya Arabistoni chempionatining dastlabki 5 turidan keyin "Al-Ittihod" 11 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida 4-o‘rinni egallab turibdi.

Kiritildi: 12:42, 06.09.2026.
O'qildi: 872 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик