Kirish Ro'yxatdan o'tish

Ivobi APL tarixidagi noyob ko‘rsatkichni qayd etdi

Ivobi APL tarixidagi noyob ko‘rsatkichni qayd etdi

Baho:
+ | -

5 sentyabr kuni APL 3-turi doirasida "Fulxem" o‘z maydonida "Kristal Pelas"ni qabul qildi va 2:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Mezbonlar asosiy tarkibida Aleks Ivobi maydonga tushdi. Bu uchrashuv futbolchi uchun "Fulxem" safidagi APLdagi 100-o‘yin bo‘ldi.

Shu tariqa, Ivobi Premyer-liga tarixida uchta turli klub safida 100 tadan yoki undan ortiq o‘yin o‘tkazgan besh nafar futbolchidan biriga aylandi.

Nigeriyalik yarim himoyachi bunga qadar "Arsenal" safida 100 ta, "Everton" tarkibida esa 123 ta APL uchrashuvida ishtirok etgan.

Ushbu tarixiy ro‘yxatdan Ivobidan tashqari Jeyms Milner, Garet Barri, Rori Delap va Gari Spid ham joy olgan.

Kiritildi: 13:14, 06.09.2026.
O'qildi: 808 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик