Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Tottenxem" 2022 yildan beri ilk bor butun o‘yin davomida darvozaga aniq zarba yo‘llay olmadi

"Tottenxem" 2022 yildan beri ilk bor butun o‘yin davomida darvozaga aniq zarba yo‘llay olmadi

Baho:
+ | -

5 sentyabr kuni "Nottingem Forest" APL 3-turi doirasida o‘z maydonida "Tottenxem Xotspur"ni qabul qildi. Uchrashuv 0:0 hisobida yakunlandi.

"Tottenxem" mavsumning dastlabki uch turida birorta ham gol ura olmadi. "Nottingem"ga qarshi bahsda esa "shporlar" raqib darvozasi tomon birorta ham aniq zarba yo‘llay olmadi.

"Tottenxem" so‘nggi marta 2022 yil aprelida Antonio Konte boshchiligida "Brentford"ga qarshi o‘yinda butun uchrashuv davomida darvozaga birorta ham aniq zarba bera olmagan edi.

Bundan tashqari, Opta ma’lumotiga ko‘ra, "Tottenxem" 2021 yil noyabridan beri ilk bor chempionatda ketma-ket uchta o‘yinda gol ura olmadi.

Kiritildi: 13:22, 06.09.2026.
O'qildi: 720 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик