Fransiyalik vinger Maykl Olise, huquqlari Myunxenning «Bavariya» klubiga tegishli bo‘lib, Yevropaning ikki top-klubi qiziqish doirasiga tushdi. Bu haqda insayder Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlarida xabar berdi.
24 yoshli yarim himoyachini Madridning «Real» klubi va «PSJ» o‘z safiga qo‘shishdan manfaatdor. Myunxen grandi esa Olisening transfer qiymatini 200–230 million yevro atrofida baholamoqda.
O‘tgan mavsumda Germaniya Bundesligasida Maykl 32 ta uchrashuvda ishtirok etib, 15 ta gol urdi va 19 ta golli uzatma amalga oshirdi. «Bavariya» va fransiyalik futbolchi o‘rtasidagi amaldagi shartnoma 2029 yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan.













