"Yuventus"ning sobiq darvozaboni Janluiji Buffon "byankoneri"ning "Milan"ga qarshi o‘yini oldidan o‘z fikrlarini bildirdi.
Jamoalar bugun A Seriyaning 3-turida o‘zaro to‘qnash keladi.
O‘yin favoriti haqida
"Milan"da yangiliklar tufayli katta ishtiyoq bo‘lishi mumkin: yangi loyiha, yangi murabbiy, yangi futbolchilar. Ular shu ko‘tarinki kayfiyat to‘lqinida oldinga harakat qilishi mumkin.
Biroq o‘zgarishlar juda ko‘p bo‘lsa, to‘g‘ri muvozanatni topish uchun vaqt kerak bo‘ladi. "Yuventus"da esa Spalletti qo‘l ostidagi to‘qqiz oylik ish va qisman Luchano ishtirokida amalga oshirilgan transferlar tufayli ustunlik bor.
Rahbariyat va Spalletti juda yaxshi ish qildi. Voltemade menda qiziqish uyg‘otmoqda. Uning jismoniy kuchi, 198 santimetrlik bo‘yi va yuqori texnikasi uyg‘unligi men kutgan darajada ustunlik bera oladimi, shuni ko‘rmoqchiman".
Voltemade va Zlatan Ibrahimovich o‘rtasida o‘xshashlik bormi?
"Menimcha, ha. So‘nggi yillarda ko‘rganlarimizni hisobga olsak, Voltemade Italiya chempionatida haqiqiy kuchga aylanishi mumkin".
Bugungi o‘yin taqdirini hal qilishi mumkin bo‘lgan futbolchi haqida
"Bu Konseysau bo‘lishini istardim. Ayniqsa, Kolo-Muani. Bunday o‘yinda birinchi golini urishi ideal bo‘lardi", — dedi Buffon La Gazzetta dello Sport nashriga bergan intervyusida.













