Xalqaro futbol federasiyasi — FIFA Janni Infantino 2027 yil 18 mart kuni bo‘lib o‘tadigan tashkilot prezidentligi saylovida ishtirok etish niyatida ekanini tasdiqladi.
«Aprel oyida FIFA prezidenti 2027 yilda o‘z nomzodini qo‘yishini aytgan edi. Albatta, hech narsa o‘zgargani yo‘q. Janob Infantino qayta saylanish niyatida», — deya FIFA vakilining so‘zlarini jurnalist Ben Jeykobs X ijtimoiy tarmog‘ida keltirdi.
FIFA Infantinoning prezidentlikka qayta saylanish niyati haqida ilk bor tashkilot musobaqalari, jumladan jahon chempionati huquqlarining bir qismini xususiy investorlarga sotish rejasi taqdim etilganidan keyin ma’lum qilgan.
UEFA, OFK va KONKAKAF ushbu rejani ochiq tanqid qilgan.













