Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/09 19:00 Lokomotiv 3-0 Mash’al
11/09 19:00 Buxoro 1-4 Navbahor

"Everton" ustozi: "Biz "MYU"ga qarshi atigi bitta ochko olganimizdan xafa bo‘ldim"

"Everton" ustozi: "Biz "MYU"ga qarshi atigi bitta ochko olganimizdan xafa bo‘ldim"

Baho:
+ | -

"Everton" bosh murabbiyi Devid Moyes Premyer-liganing "Manchester Yunayted"ga qarshi (2:2) uchinchi tur o‘yinidan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi. "Everton" qo‘shimcha vaqtning oltinchi daqiqasida urilgan gol evaziga mag‘lubiyatdan qutulib qoldi.

"Biz atigi bitta ochko olganimizdan xafa bo‘ldim. Uch ochko olishni juda xohlagandim. Menimcha, ular ham uch ochkoga loyiq edilar.

Bu stadionda maxsus lahzalar yetishmadi. Balki bugun yetarli emasdir, lekin biz uchun yutqazmaslik muhim edi. Biz yana o‘z yo‘limizga qaytishimiz kerak. Umid qilamanki, futbolchilarimiz birlashib, bir-birlarini qo‘llab-quvvatlaydilar. Menimcha, ular bugun aynan shunday qilishdi" - dedi Moyes.

"Everton" besh ochko to‘pladi va turnir jadvalida sakkizinchi o‘rinda bormoqda. "Manchester Yunayted" to‘rt ochko bilan o‘n birinchi o‘rinda.

Kiritildi: 23:16, 06.09.2026.
O'qildi: 907 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик