"Barselona"ning "Valensiya"ga qarshi o‘yinida gol urib, Rafinya bu mavsumda Ispaniya ligasida gollar sonini oltitaga yetkazdi.
Shu tariqa u 21-asr Ispaniya ligasida ilgari faqat Lionel Messi qayd etgan noyob natijaga tenglashdi. Ikki marta, 2012/2013 va 2013/2014 mavsumlarida Messi ligadagi dastlabki to‘rtta o‘yinida oltita gol urdi. Endi Rafinya bu natijaga erishdi. Ispaniya ligasida boshqa hech kim bunga erisha olmagan.
Eslatib o‘tamiz, braziliyalik hujumchi 2022 yildan beri "Barselona" safida o‘ynab kelmoqda, ilgari "Lids"da o‘ynagan.













