«Bolonya» yangi A Seriya mavsumidagi ilk ochkosini katta qiyinchilik bilan qo‘lga kiritdi. Jamoa «Sassuolo»ga qarshi bahsda mag‘lubiyatdan arang qutulib qoldi, bosh murabbiy Domeniko Tedesko esa uchrashuv davomida maydondan chetlatildi.
Shunga qaramay, o‘yindan so‘ng mutaxassis bahs yakunlari haqida fikr bildirdi.
«Biz bu natijani qabul qilamiz. Bundan tashqari, tan olishimiz kerakki, bugun bundan ko‘prog‘iga loyiq emasdik. Bu avvalgi ikki o‘yindan farq qiladi, chunki o‘sha bahslarda ko‘rsatgan o‘yinimizga nisbatan ancha kam natija olgan edik.
Raqib maydonining so‘nggi uchdan bir qismida harakatlarimizni yaxshilashimiz kerak. U yerda ba’zan ortiqcha shoshqaloqlik qilyapmiz. Shuningdek, to‘p bizda bo‘lgan paytda himoyadagi pozision joylashuv ustida ham yaxshiroq ishlashimiz zarur», — deya Tedeskoning so‘zlarini «Bolonya» rasmiy sayti keltirdi.













