«Yuventus» bosh murabbiyi Luchano Spalletti A Seriyaning 3-turida «Milan»ga qarshi o‘tgan va 1:1 hisobida yakunlangan uchrashuvda jamoasining o‘yini haqida fikr bildirdi.
«Byankoneri» o‘z maydonidagi mag‘lubiyatdan 90+2-daqiqada Federiko Gatti urgan gol evaziga qutulib qoldi.
«Biz belgilab olgan yo‘nalishimizdan og‘ishmasligimiz kerak. Bugun yaxshi o‘yin ko‘rsatdik. «Yuventus» doimiy ravishda pressing qildi va hatto hisob 0:0 bo‘lib turgan paytda ham o‘yin sur’atini oshirishga harakat qildi.
Qaror qabul qilish ustida ishlashimiz kerak. Raqib bizga imkoniyat berishini kutib o‘tirmasdan, oldinga intilishimiz va tashabbusni o‘z qo‘limizga olishimiz zarur.
Raqib maydonining so‘nggi uchdan bir qismidagi harakatlarimiz hali talab darajasida emas. Gap mayda detallar haqida ketyapti, ammo aynan shunday detallar o‘yin taqdirini hal qilishi mumkin», — dedi Spalletti DAZN nashriga bergan intervyusida.
«Yuventus» ham, «Milan» ham joriy mavsumda ilk bor ochko yo‘qotdi.













